Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eronning Rossiyaga taklifi turkiy aholining e’tiroziga sabab bo‘ldi

Eronning Rossiyaga taklifi turkiy aholining e’tiroziga sabab bo‘ldi

Foto:«Iran Review»

Eron Rossiyaga fors va rus tillarini ikki mamlakatdagi maktablarda «ikkinchi til» sifatida o‘qitishni taklif qildi. Eronda yashovchi turkiy aholi hukumatning bu taklifiga ijtimoiy tarmoqlar orqali e’tiroz bildirishdi.Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.

Eronning rasmiy axborot agentligi IRNA tarqatgan xabarga ko‘ra, Moskva shahriga tashrif buyurgan Eron ta’lim vaziri Muhammad Bathoi Dumaning Fan va ta’lim masalalari qo‘mitasi raisi Vyacheslav Nikonov bilan uchrashgan.

Vazirning aytishicha, Eronda ingliz tili o‘rniga rus tili ikkinchi til sifatida o‘qitilishi mumkin.

Duma deputati ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatdagi maktablarda ikkinchi til sifatida xitoycha bilan birgalikda forscha ham o‘qitilishi mumkinligini aytgan.

80 millon nafar nufusga ega Eron aholisining taxminan yarmini turkiy millatlar tashkil etadi. Shu bois eronlik turkiylar bu taklifga ijtimoiy tarmoqlar orqali e’tiroz bildirishgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring