Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada «Damas» haydovchisi o‘zganing aybi bilan halok bo‘ldi

Farg‘onada «Damas» haydovchisi o‘zganing aybi bilan halok bo‘ldi

Farg‘onada «Damas» poyezd bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi qurbon bo‘ldi.

«Millar» dasturida qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ayanchli YTH sodir bo‘lgan.

Oltiariq-Marg‘ilon temiryo‘l kesishmasi harakatdagi poyezd tarkibi mavjudligi sababli transport vositalari uchun yopilgan bo‘lgan. «Damas» haydovchisi temiryo‘l kesishmasidan o‘tish uchun yo‘l ochilishini kutib turgan vaqtda orqasidan «Cobalt» avtomobili katta tezlikda kelib urilgan. Natijada «Damas» zarbdan poyezd vagonlariga yo‘liga chiqib ketib, haydovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

«Cobalt» haydovchisi jabrlanuvchiga yordam bermasdan voqea joyidan yashiringan. Hozirda «Cobalt» avtomobili haydovchisi ushlangan. Unga nisbatan JKning bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring