Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV O‘zbekiston aholisini anomal issiqlik va sel xavfidan ogohlantirdi

FVV O‘zbekiston aholisini anomal issiqlik va sel xavfidan ogohlantirdi

Foto: «Meydan.tv»

Yaqin kunlarda kutilayotan o‘ta jazirama issiq ob-havo tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfini keltirib chiqarishi mumkin, deb ogohlantirmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

7-10-iyul kunlari havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlariga Tojikiston va Qirg‘izistondan muzliklar erishi hisobiga hosil bo‘ladigan sel oqimlari o‘tishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha isiydi.

FVV havfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni va jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ramoqda. 

O‘zbekistonda 7-iyuldan jazirama boshlanishi haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring