Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Halok bo‘lganlar yo‘q — Nurotadagi sel haqida ma’lumot berildi

Halok bo‘lganlar yo‘q — Nurotadagi sel haqida ma’lumot berildi

Illyustrativ foto

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 6-noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida soat 14:25 dan 15:30 gacha oraliqda Navoiy viloyati Nurota tumanining «Oqmachit» MFY hududiga sel yo‘lidan ko‘p miqdorda yomg‘ir suvi kelgan.

Hodisa tumanning «Nurota bir» qabristoniga o‘tishda qurilgan sel yo‘li ko‘prigining bir qismiga zarar yetgan. Qabristonga talafot yetmagan.

Shuningdek, Nurota tumani «Nurfaxr» MFY «Parpiuzoq» massividagi 3 ta aholi yashash uyining tomorqalarida yomg‘ir suvi to‘plangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Ayni paytda voqea joyida viloyat FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari kuch va vositalari tomonidan yuzaga kelgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring