Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokatda halok bo‘ldi

Ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokatda halok bo‘ldi

Karmana tumanida ikki nafar yoshlar yetakchisi avtohalokat natijasida vafot etdi, bir nafar xodim shifoxonaga yotqizildi.

Bu haqda qator internet nashrlari va Telegram kanallari xabar tarqatdi. 

Aytilishicha, Navoiy viloyati Karmana tumani “Farhod” mahallasi yoshlar yetakchisi Ulug‘bek Oblaqulov va ushbu tumanning “Bahrom” mahallasi yoshlar yetakchisi Muhriddin Bahronov avtohalokat natijasida vafot etgan. 

Karmana tumani Yoshlar ishlari bo‘limi sho‘ba mutaxassisi Valijon Kasimov shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev marhumlarning oila-a’zolariga ta’ziya bildirdi.

Sa’dullayevning yozishicha, ularning ota-onasi va yaqinlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring