Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki oyda oqibati o‘lim bilan tugagan 265 ta YTH yuz bergan

Ikki oyda oqibati o‘lim bilan tugagan 265 ta YTH yuz bergan

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda 2021-yilning o‘tgan ikki oyi davomida 802 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati. Shundan 255 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

Yanvar-fevral oylari davomida mamlakat hududi bo‘ylab sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida jami 265 kishi: ularning 188 nafari avariya joyida, 77 nafari shifoxonalarda halok bo‘lgan. Shuningdek, ushbu avariyalar oqibatida 724 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Ta’kidlanishicha, YTHlarning 393 tasi piyodalar, 103 tasi bolalar, 14 tasi mast haydovchilar bilan sodir bo‘lgan. 28,4 foiz holatda avariyalar piyodalarning ko‘chani noto‘g‘ri joyidan kesib o‘tishi oqibatida yuz bergan.

Ikki oy ichida Toshkent shahrida 116 ta YTH qayd etilgan. Ro‘yxatdagi eng ko‘p YTH sodir bo‘lganlik ko‘rsatgichi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati (109 ta avariya) va Namangan viloyati (79 ta avariya) egallagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring