Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ippodromda haydovchi va GAI o‘rtasida janjal» videosiga izoh berildi

«Ippodromda haydovchi va GAI o‘rtasida janjal» videosiga izoh berildi

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ippodromda haydovchi va GAI xodimlari o‘rtasida janjal» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 sentyabr kuni soat 21:45 larda KXAY ko‘chasi «Abu-Sahiy» bozori avtoturargohidan chiqishda 2001 yilda tug‘ilgan J. M. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli transport vositasi yo‘lning harakat qatnov qismiga avtoulovini to‘xtatgan.

O‘sha yerda xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari safdor E.Tulanov va safdor S. Ergashevlar avtoulovni avtoturargohga qo‘yish lozimligi haqida haydovchini ogohlantirishgan.

Haydovchi avtoulovni yurg‘izayotib, o‘z yo‘nalishida o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Spark» avtomashinasi haydovchisi bilan yo‘l talashib qolishadi. Natijada «Kobalt» haydovchisi avtoulovidan «bita» sport anjomini olib «Spark» avtomashinasi haydovchisi bilan janjallashayotgan vaqtida YPX inspektorlari holatni oldini olish uchun fuqaro J.M.ni ushlab, o‘ziga va avtouloviga tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganda haydovchi hujjatini YPX inspektorlariga taqdim qilmagan.

Shundan so‘ng fuqaro J.M. Toshkent shahar Chilonzor tuman 5-son IIO FMBga olib borilib, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, fuqaroga tegishli chora ko‘rish uchun ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring