Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yarim yilda ish joyidagi baxtsiz hodisalar sabab 137 kishi vafot etgan

O‘zbekistonda yarim yilda ish joyidagi baxtsiz hodisalar sabab 137 kishi vafot etgan

Foto: Pngtree

2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq jami 447 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Bu haqda Mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan hodisalarning 21 tasi guruhiy, 311 tasi og‘ir oqibatli, 113 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Hisobot davrida baxtsiz hodisalar oqibatida 494 nafar fuqaro jabrlangan. Ulardan 337 nafari og‘ir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan, 137 nafari esa halok bo‘lgan.

Shuningdek, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga 10 milliard 376 million so‘m miqdorida bir martalik hamda oylik zarar pullari undirib berilgani ma’lum qilindi.

Sohalar bo‘yicha esa eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat (144 ta) va qurilish (127 ta) tarmoqlarida sodir bo‘lgan. Shuningdek, boshqa sohalarda 87 ta, transport va logistika sohasida 17 ta, savdo va xizmatlarda 16 ta, sog‘liqni saqlash hamda qishloq va suv xo‘jaligida 14 tadan, ta’limda 13 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich madaniyat va sport sohasida kuzatilib, bu yo‘nalishda 2 ta baxtsiz hodisa yuz bergan.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar hududlar kesimida:

  • Toshkent shahri — 95 ta
  • Toshkent viloyati — 58 ta
  • Qashqadaryo — 38 ta
  • Buxoro — 34 ta
  • Samarqand — 33 ta
  • Andijon — 33 ta
  • Navoiy — 31 ta
  • Farg‘ona — 23 ta
  • Qoraqalpog‘iston — 20 ta
  • Sirdaryo — 19 ta
  • Namangan — 18 ta
  • Jizzax — 16 ta
  • Surxondaryo — 16 ta
  • Xorazm — 13 ta
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring