Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi

Foto: «iiv.uz»

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 11-oktyabr kuni Buxoro tumanida yashovchi S.B. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusini salonida jami 28 nafar yo‘lovchilari bilan «Jizzax-Do‘stlik-Gagarin» yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring