Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda prokuratura IIB faoliyati bo‘yicha tekshirish boshladi

Jizzaxda prokuratura IIB faoliyati bo‘yicha tekshirish boshladi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Jizzaxda onamni IIB xodimi urib tan jarohati yetkazdi yordam bering» sarlavhali videomurojaat tarqalgan.

Qayd etilishicha, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.T 2022 yil 2 yanvar kuni Sharof Rashidov tumani IIB xodimlari onasini asossiz ravishda urib tan jarohati yetkazganligi va boshqa holatlardan norozi bo‘lib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring