Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalla raisidan «master-klass»: Qarshidagi kredit mojarosi

Mahalla raisidan «master-klass»: Qarshidagi kredit mojarosi

Foto: Xabar.uz

Fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan sobiq MFY raisi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda Qarshi tumani «Yangi Xonobod» MFYning sobiq raisi K.R. va o‘g‘li I.N.lar MFYga o‘z ishlari bilan kelgan 6 nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning imzolarini soxtalashtirib, onlayn savdo do‘konidan kredit evaziga turli maishiy texnikalar sotib olib va naqd pulga sotib yuborib, 187,4 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring