Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi

Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. 

Bunday loyihalar uchun «mahalla yettiligi»ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi. 

Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi. 

Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais «yettilik» a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi. 

Shuningdek,«yettilik» faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U «yettilik» ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.

Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi reja qilingan edi. 

Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk solig‘ining ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga tushadigan bo‘ldi. 

Shuningdek, 5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard so‘m tushadi. 

Endi mahalladagi noturar obyektlardan tushgan yer va mulk solig‘ining 5 foizi ham mahallaning o‘ziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard so‘m mablag‘ qoladi. 

Yil davomida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatga olgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, tushum darajasi eng yuqori bo‘lgan va eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi. 

Umuman, yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum bu yil 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring