Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muzrabotda elektr uzilishlaridan norozi aholi ko‘chani to‘sdi

Muzrabotda elektr uzilishlaridan norozi aholi ko‘chani to‘sdi

Foto: Vidolavhadan skrinshot

2020-yilning 27-dekabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani, «Obi hayot» mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr ta’minotidagi uzilishdan norozi bo‘lib, ko‘chani to‘sgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 25-dekabr kuni mahalla hududidagi 630 kVA kuchlanishga ega transformatorning ishdan chiqishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan.

26 dekabr kuni bu yerga quvvati 400 kVA kuchlanishga ega boshqa transformator o‘rnatilgan. Ammo sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi natijasida ushbu uskuna ham ishdan chiqqan.

«Obi hayot» mahallasida 545 ta xonadon bo‘lib, hududdagi 630 kVA kuchlanishga ega transformatorning 25-dekabr kuni ishdan chiqishi oqibatida 165 ta xonadonning elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan.

Hozirda muammo bartaraf etilgan. 27-dekabr kunining o‘zida 630 kVA kuchlanishga ega yangi transformator o‘rnatilib, aholi elektr energiya bilan ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring