Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 23 yashar yigit suvda oqib ketdi: u bir necha kundan beri qidirilmoqda

Namanganda 23 yashar yigit suvda oqib ketdi: u bir necha kundan beri qidirilmoqda

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Namanganda 23 yoshli yigit suvda oqib ketdi, jasad 3 kundan izlanmoqda. 

2026-yil 28-may kuni 23 yoshli yigit qarindoshlari bilan birgalikda Pop tumanida joylashgan dam olish maskaniga kelib, u yerdan oqib o‘tuvchi «Chodaksoy» soyiga cho‘milish maqsadida tushgan.

Ehtiyotsizligi oqibatida u suvda cho‘kib ketib, qayta chiqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining qutqaruvchilari jalb etilgan holda suvga cho‘kib ketgan yigitni qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring