Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi yong‘inda ikki kishi fojiali tarzda vafot etdi

Namangandagi yong‘inda ikki kishi fojiali tarzda vafot etdi
Namangandagi uyda sodir bo‘lgan yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 
 
18-dekabr kuni Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini Do‘stlik ko‘chasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. 
 
Voqea joyiga yong‘in qutqaruvchilari voqea joyga yetib borgan va yong‘in joyi o‘rab olingan.
 
Yong‘in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo‘lak devorlari yonib zararlangan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining jasadi va farzandining yashash uyining yuvinish xonasida tutunga dimiqqan holda jasadi topilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring