Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum tomonga ketib qaytib kelmagan yigit topildi

Noma’lum tomonga ketib qaytib kelmagan yigit topildi

Foto: DYHXX

Joriy yilning 2 may kuni soat 11:50larda 102 raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1991 yil tug‘ilgan fuqaro I.S. o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomobilda o‘z yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar miqyosida to‘sib ushlash rejasi e’lon qilinib, shahar hududida qidiruv ishlari amalga oshirildi. Natijada shu kunning o‘zidayoq soat 00:35larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batal’on komandirining TIB o‘rinbosari kapitan M.Xusanov tomonidan 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S. topilib, holatga aniqlik kiritish maqsadida, Bektemir tumani IIO FMBga vazifa topshirilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring