Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: 5-yanvarda ham qorli havo saqlanib qoladi

Ob-havo ma’lumoti: 5-yanvarda ham qorli havo saqlanib qoladi

Foto: «Yangiliklar.net»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 5-yanvar kuni Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 0 - +2 daraja, kunduzi +6 - +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Kechasi -3 - +2 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi kutilmoqda. Kechasi -2 - +3 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatilarida havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi kutilyapti. Kechasi +2 - +7, kunduzi +7 - +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 - +3 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi -5 - 0 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja ilishi mumkin. Nurafshonda esa kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +5 - +10 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring