Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda odamlarning o‘limiga olib kelgan avtohalokatlar

Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda odamlarning o‘limiga olib kelgan avtohalokatlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 6-mart kuni soat 03.00larda Samarqand tumanida yashovchi Sh.I. boshqaruvidagi «Volvo» yuk avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» yo‘lining 847-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yuborgan.

Natijada fuqarolar O.K. jarohat olib, voqea joyida va P.J. shifoxonaga keltirilganida vafot etganlar, B.X. shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida shu kuni soat 20.20larda Lolazor QFYda yashagan tuman suv xo‘jaligi ishchisi A.X. ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi «VAZ-2107» rusumli avtomashinasini «Arnasoy-Zafarobod-Paxtakor» yo‘lining 11-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Arnasoy tumanida yashagan B.N. boshqaruvidagi «VAZ-21011» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «VAZ-21011» avtomashinasi haydovchisi B.N. jarohat olib, voqea joyida, «VAZ-2107» avtomashinasi haydovchisi A.X. shifoxonaga keltirilganida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring