Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda yuk avtomobillari va «Lasetti» to‘qnashuv natijasida yonib ketdi

Ohangaronda yuk avtomobillari va «Lasetti» to‘qnashuv natijasida yonib ketdi

Joriy yilning 10-may kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, «Ubayda» MFY hududidagi chorrahada yuk avtomobili va «Lasetti» ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda YHXBB ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, haydovchi 2000 yilda tug‘ilgan O.T. boshqaruvidagi «MAN» rusumli hamda haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan X.Yu. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobil va haydovchi 1999 yilda to‘g‘ilgan M.T. boshqaruvida bo‘lgan «Kamaz» rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositalariga jiddiy zarar yetgan.

To‘qnashuv natijasida haydovchilar X.Yu hamda M.T. tan jaroxatlari olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring