Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti kishilik oila marixuanali o‘rdak bilan zaharlandi

Olti kishilik oila marixuanali o‘rdak bilan zaharlandi

Foto: Yelena Chernish / AiF

Chexiyalik nafaqaxo‘r ayolning o‘rdakka marixuana qo‘shishi olti kishining zaharlanishiga sabab bo‘ldi. Ularning to‘rt nafari yoshi kattalar bo‘lsa, ikki nafari bolalar.

Mazkur noxush voqea Vratimov shahrida yuz bergan. Ovqatdan so‘ng oila a’zolarining ko‘ngli aynib, boshi og‘riy boshlagan. Natijada ular kasalxonaga yotqizildi.

Ma’lum bo‘lishicha, kampir taomga marixuanani bilmay qo‘shib yuborgan. Oila a’zolaridan biri marixuanadan tibbiyot maqsadida foydalangan. Shu bois, faqat o‘sha kishigina ovqatdan zaharlanmagan.

Hozirda shahar politsiyasi noqonuniy giyohvand moddasini tayyorlash bo‘yicha ish ochgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring