Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jihod» qilish va amaldagi tuzumni o‘zgartirishga targ‘ib: jizzaxlik shaxs 3,5 yilga qamaldi

«Jihod» qilish va amaldagi tuzumni o‘zgartirishga targ‘ib: jizzaxlik shaxs 3,5 yilga qamaldi

DXX tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida 1999-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan X.B.ning ijtimoiy tarmoqlar orqali «Tavhid va jihod katibasi», «Turkiston islom harakati» kabi terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta’siriga tushib qolgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, u virtual muloqotlarda Suriyadagi vaziyat, «jihod» qilish, u yerga borish yo‘l-yo‘riqlari va harajatlari bo‘yicha fikrlar almashgan.

Shuningdek, «Telegram»da kanal ochib, O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi hamda aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.

Mazkur shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 159 va 2441-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring