Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘yliqda avtobus avtomobillar ustiga ag‘darildi

Qo‘yliqda avtobus avtomobillar ustiga ag‘darildi

Foto: YHXBB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqda Qo‘yliqda avtobus ishtirokidagi YTH videosi tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 19:30larda sodir bo‘lgan. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘lida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi  «Lacetti» hamda haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan O‘.O‘. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus va haydovchi, 1971 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring