Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Qozoğiston bilan çegarada kilometrlab navbat: masʼullar izoh berdi

Qozoğiston bilan çegarada kilometrlab navbat: masʼullar izoh berdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonning Özbekistonga tutaş çegara bojxona postlariga kirişda töplanib qolgan yuk avtotransport vositalari tirbandligi aks etgan video keng tarqaldi. Bojxona qömitasiga köra, uşbu holat bir neça kun avval yuz bergan. Ayni daqiqalarda ikkala davlat çegara ötkaziş punktlari odatiy rejimda işlamoqda.

Turkiston viloyati Davlat daromadlari departamenti Özbenkiston bilan çegaradagi ötkaziş punktlarida yuk maşinalari navbati yuzasidan har 24 soatda maʼlumotlarni jamoatçilikka eʼlon qilib bormoqda.

Unga köra, 20-noyabr kuni soat 9.00 holatida «B.Qonisboyev» avtomobil ötkaziş punktida 100 ta yuk maşinasi navbatda turgani bildirilgan. Mazkur post va unga tutaş Özbekistonning Yallama çegara bojxona posti orqali sutkasiga 1,5 mingdan ziyod yuk avtotransport vositasi harakatlanayotganini inobatga olsak, bu normal holat hisoblanadi.

Umuman olganda, joriy yilda Özbekiston-Qozoğiston çegara ötkaziş punktlari orqali harakatlangan yuk avtotransport vositalari soni kutilganidan ham oşib ketdi. 2021-yilda ikkala davlat çegara-bojxona postlari orqali sutkasiga 1165 ta yuk maşinasi harakatlangan bölsa, 2026 yil noyabr oyiga kelib bu raqam sutkasiga 3130 ta yuk avtotransport vositasini taşkil qilmoqda. Ösiş 2.7 barobar.

Taʼkidlaş joizki, videotasvirlarda aks etgan yuk avtotransport vositalarining asosiy qismini ikkala davlat hududidan tranzit tarzida harakatlanuvçi yuklar taşkil qiladi. Tranzit yuklarning oşişi esa Qozoğistonning Xitoy bilan çegaradagi «Xorgos» ötkaziş punkti keça-yu kunduz, yaʼni 24 soatlik iş rejimiga ötkazilgani bilan boğliq.

Buning natijasida Xitoydan tovarlarni olib kiriş jarayonlari sezilarli ravişda jadallaşgan, Xususan, Özbekiston orqali qöşni Turkmaniston, Tojikiston va boşqa davlatlarga tranzit tartibida taşilayotgan tovarlar hajmi oşgan.

Bundan taşqari, geosiyosiy va iqtisodiy vaziyat, şuningdek, boşqa anʼanaviy savdo-logistika yönalişlarida yuzaga kelgan çeklovlar natijasida xalqaro logistika zanjirlarida qayta yönaltiriş jarayonlari kuzatilmoqda, deyiladi bojxona qömitasi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring