O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari ID-karta bilan chegarani kesib o‘tishi muhokama qilindi
11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning o‘zaro safarlarini yengillashtirish hamda davlat chegaralarini kesib o‘tishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga oid ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Xususan, fuqarolarning o‘zaro safarlari tartibini soddalashtirish, jumladan, davlat chegarasini ID-kartalar asosida kesib o‘tish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Qozog‘iston tomonidan joriy etilayotgan QazETA elektron kirish ruxsatnomasi tizimi doirasida O‘zbekiston fuqarolari uchun ayrim imtiyozlar nazarda tutish imkoniyati alohida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Qozog‘istonda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish, bu boradagi shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish hamda fuqarolarning har ikki mamlakat hududida bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter