Qozog‘istonda salonida 54 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Joriy yil 30-noyabr kuni soat 21:00 da «Rossiya Federatsiyasi – Aktobe – Qizilorda – Almata» respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lida «Moskva – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasining Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralari ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, hodisa vaqtida avtobusda 54 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanuvchi va halok bo‘lganlar yo‘q.
Barcha yo‘lovchilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aktobe viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirilib, ularga oziq-ovqat va zarur yordamlar ko‘rsatilgan.
«Fuqarolarni O‘zbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor ravishda qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Vaziyat O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, Qozog‘iston tomonining mas’ul idoralari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan», – deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter