Qutqaruvchilar chuqur quduqqa tushib ketgan 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi
Bugun, 2 iyun kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida baxtsiz hodisaning oldi olindi.
Soat 13:47 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga «Saksonota» mahallasidagi xonadonlardan birida qarovsiz qolgan 5 yoshli bola chuqurga o‘rnatilgan quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushdi.
Toshkent viloyati FVBB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida qisqa vaqt ichida bolani quvur ichidan sog‘-salomat olib chiqishdi hamda tibbiyot xodimlariga topshirishdi.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bolaning ahvoli yaxshi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter