Buyuk Britaniyada uch yoshli bola timsohlar qafasidan topildi, gumonlanuvchi qo‘lga olindi
Britaniya politsiyasi qotillikka urinishda gumon qilib bir erkakni hibsga oldi.
Zooparkdagi timsohlar saqlanadigan joydan uch yoshli bolakay og‘ir ahvolda topilgan. Bu haqda CNN agentligiga tayanib Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Kembridjshir grafligida joylashgan zoopark ma’muriyatiga uch yoshli bola bilan bog‘liq mudhish voqea haqida xabar kelib tushgan. Bolakay og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli og‘ir, ammo barqaror deb baholanmoqda. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar bola va uning oilasiga psixologik hamda amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Norfolk shahridan bo‘lgan 30 yoshli erkak qo‘lga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u va jabrlanuvchi bola bir-birini tanimagan.
Politsiya inspektori Veriti Makkannning so‘zlariga ko‘ra, hozirda voqea tafsilotlarini to‘liqroq tushunish uchun ushbu ko‘ngilsiz hodisa paytida zooparkda bo‘lgan guvohlar bilan suhbat olib borilmoqda.
Zoopark ma’muriyatining ma’lum qilishicha, alligator va timsohlar saqlanadigan tropik pavilon bolaning oilasiga hurmat yuzasidan vaziyatga aniqlik kiritilguniga qadar yopiq qoladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter