Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ayanchli YTH: 3 qurbon, 2 nafari YPX xodimi

Samarqandda ayanchli YTH: 3 qurbon, 2 nafari YPX xodimi

23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani «Charog‘bon» mahallasi hududida Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.Xursandov boshqaruvida bo‘lgan «Nekciya-2» mashinasi yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan fuqaro A.P.ning «Malibu» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Nekciya-2»dagi M.Xursandov, yo‘lovchilar — Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957 y.t. fuqaro Sh.M.lar olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganlar.

«Nekciya-2» avtomashinasining qolgan yo‘lovchilari hamda «Malibu» haydovchisi va yo‘lovchilari tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring