Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda bir-biriga tutash uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqandda bir-biriga tutash uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Bugun, 22-iyun kuni soat 00:52da Samarqand viloyati Samarqand shahar «Bog‘ibaland» MFY «Xo‘ja Isoqi Valiy» ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan.

Yong‘in soat 01:55da o‘rab olinib, soat 02:53da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring