Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ogohlantirilmoqda

Samarqandda jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ogohlantirilmoqda

Foto: Samarqand IIB matbuot xizmati

Samarqandda niqobsiz yurganlar ogohlantirilmoqda, deya xabar qilmoqda Samarqand IIB matbuot xizmati.

Bugundan e’tiboran butun mamlakat bo‘ylab jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari(niqob)siz bo‘lgan shaxslarga «ogohlantirishi»lar berilishi belgilab berilgan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar zaruriyat yuzasidan ko‘chaga, bozorlarga, savdo shahobchalarga chiqqan shaxslar o‘rtasida «ogohlantirishi» ishlarini olib borishmoqda.

Samarqand IIB matbuot xizmati

Fuqarolar jumladan, xodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari(niqob)da bo‘lishi, shuningdek karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilishi hamda 25 mart kuni soat 6:00dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – BXMning 1 barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – BXMning 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilishi haqida alohida tushunchalar berilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring