Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda sigaret chekib uxlab qolgan mast fuqaro yong‘inda halok bo‘ldi

Surxondaryoda sigaret chekib uxlab qolgan mast fuqaro yong‘inda halok bo‘ldi

Foto:«Uz24.uz»

25-mart kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashagan B.N.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in qisqa muddatda o‘chirilgan. 

Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi B.N.ning jasadi topilgan. Voqea tafsilotlariga ko‘ra, yong‘in xonadon egasi uyida mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan.

Hozirda IIV xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash hodisa Qashqadaryoda ham ro‘y bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring