Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryolik erkak uy-joy talashib onasini armatura bilan urdi – IIB

Surxondaryolik erkak uy-joy talashib onasini armatura bilan urdi – IIB

Foto: Surxondaryo IIB

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi erkak onasi bilan tortishib, uni armatura bilan urdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumani «Xo‘jaqishloq» mahallasida yashovchi Sh.J. spirtli ichimlik iste’mol qilishga ruju qo‘yib, oila a’zolari bilan uy-joy masalasida davom etib kelayotgan nizosi sababli 2021 yil 11-iyun kuni soat 14:30 larda mast holatda uyiga borib, o‘zi bilan birgalikda istiqomat qiluvchi onasi Sh.R. bilan tortishib qolib, qo‘lidagi armatura bilan onasi Sh.R.ni urib, boshqalarni ham «o‘ldiraman» deb, janjal qiladi.

Fuqaro Sh.R. janjalni tinchitish va o‘g‘li Sh.J.ga chora ko‘rishni so‘rab, Jarqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektorlariga telefon qiladi va ularni uyiga chaqiradi.

2021-yil 11-iyun kuni soat 17:00 larda Jarqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari Sh.R.ning uyiga borib, Sh.J.ning yonida olib yurgan pichog‘ini olib qo‘yib, Sh.J.ni tinchlantirish uchun yaqin qarindoshi Q.Sh.ga topshiradi.

Shu kuni soat 23:00 larda Sh.R. Jarqo‘rg‘on tuman IIBga telefon orqali murojaat qilib, Sh.J. do‘konga borib fuqarolar bilan janjallashayotganini bildiradi. Jarqo‘rg‘on tumani IIB 3-sonli IIB boshlig‘i, HPB profilaktika inspektorlari Jarqo‘rg‘on tumani «Mingchinor» mahallasida joylashgan do‘kon yoniga borib, Sh.J. fuqarolar bilan tortishayotgani sababli 3-sonli IIB binosiga olib borishadi.

Fuqaro Sh.J. ichki ishlar bo‘limi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani va qarshilik ko‘rsatgani sababli spirtli ichimlik iste’mol qilgan yoki qilmaganini tekshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi narkolog xonasiga olib borilib, tan jarohatlari va spirtli ichimlik iste’mol qilganligi holati yuzasidan tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng u tuman IIB binosiga olib kelingan va fuqarolarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilib, so‘rov-suhbat xonasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, yashash manziliga ketishi uchun javob berilgan.

Fuqaro Sh.J. 2021-yil 11-iyun kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib, fuqarolarning tinchligini buzganligi va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagani holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring