Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahri tumanlariga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish tiklandi

Toshkent shahri tumanlariga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish tiklandi

Joriy yilning 22-fevral sanasida Toshkent viloyati,  Qibray tumanida joylashgan  viloyat elektr tarmoqlariga qarashli elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Buning oqibati  Toshkent shahar «Suvsoz» DUK korxonasiga qarashli suv inshootining ish tartibiga ta’sir etib, o‘z navbatida, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining suv bosimida pasayishlar hamda ayrim tumanlarda uzilishlar bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berishicha, yuzaga kelgan nosozliklar viloyat elektr tarmoqlari korxonasining xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida kechki soat 23:00 da bartaraf etilgan.

«Suvsoz» korxonasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ichimlik suvi ta’minotidagi suv bosimi hamda uzilishlar qayta tiklanib, hozirda Toshkent shahri aholisiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish ta’minlandi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring