Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 4 erkak bir ayolga kuch ishlatib, bor-budini shilib ketishdi

Toshkentda 4 erkak bir ayolga kuch ishlatib, bor-budini shilib ketishdi

Foto: «Yeщye odin velikolepniy shag»

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 18-yanvar kuni soat 20:35 larda bir guruh shaxslar — V.S, D.K., Q.A. va B.A. Qo‘yliq 1-daha 5-uy oldida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi qiz A.S.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, to‘rtovlon qizning 6 000 000 so‘m puli, 8 500 AQSh dollari, parfyumeriya mahsulotlari, «Ayfon» va «Samsung» mobil telefonlari bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ko‘rilgan choralar natijasida ular ushlanganlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring