Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi

Toshkentda ayolni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiysi halok bo‘ldi

Toshkent shahrida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi suvga cho‘kayotgan ayolni qutqarishga urinar ekan, halok bo‘ldi.

Hodisa «Xotira xiyoboni» memorial majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kanal oqimida oqib ketayotgan ayolni payqagan. Shundan so‘ng 21 yoshli harbiy uni qutqarish uchun suvga tushgan.

Biroq kuchli oqim tufayli ayolni ham, harbiyni ham qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. Qutqaruv operatsiyasi vaqtida harbiy suv girdobiga tushib qolgan va halok bo‘lgan. Uning jasadi keyinchalik qidiruv-qutqaruv ishlari davomida topilgan.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan harbiy 21 yoshda bo‘lgan. Yaqin kunlarda uning to‘yi bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring