Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Lacetti» YPX xodimini urib yubordi

Toshkentda «Lacetti» YPX xodimini urib yubordi

Foto: IIBB

Toshkent shahar IIBB xabar berishicha, yo‘l harakati xavfsizligi inspektori, katta serjant Salim Umarov 1-sentyabr kuni soat taxminan 19:00 da Mirobod tumanidagi Shahrisabz ko‘chasida navbatchilik qilayotgan edi.

«Grand Mir» mehmonxonasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda u hujjatlarni tekshirish uchun 25 yoshli Jahongir B. boshqaruvidagi «Captiva»  rusumli avtomashinani to‘xtatib, hujjatlarni tekshiradi. Katta serjant hujjatlarni tekshirib bo‘lib, haydovchiga qaytarib beradi va transport vositasini aylanib o‘tib, yo‘l chetiga qarab yuradi...

Shu vaqtda «Lacetti» rusumli avtomashinani ishonchnoma asosida boshqarib ketayotgan 19 yoshli Temurbek M. boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan «Captiva»  bilan to‘qnashadi va harakatni davom ettirib, YPX xodimini ham urib ketadi.

Hodisa natijasida 30 yoshli inspektor Salim Umarov tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda u reanimatsiyada.

Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. To‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring