Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi qidirilmoqda

Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisi qidirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Internet tarmog‘ida voyaga yetmaganga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichi bilan bog‘liq hodisa haqida xabar tarqalmoqda. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

«Joriy yilning 28 fevral kuni Chilonzor tumani IIO FMBga 30 yoshli Bobur J. murojaat qildi. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olindi.

Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129 moddasi 1 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchining shaxsini va holatni tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda.

Mazkur ish voyaga yetmagan shaxs bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, tergovdagi ma’lumotlar uning kelajagiga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi uchun, shuningdek qonunchilik va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro me’yoriy hujjatlarga muvofiq mazkur jinoiy ishning tafsilotlari oshkor qilinmaydi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring