Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda avtobus yo‘l bo‘yida telefonda gaplashayotgan piyodani urib yubordi

Toshkentda avtobus yo‘l bo‘yida telefonda gaplashayotgan piyodani urib yubordi

Joriy yilning 11 aprel kuni soat 14:50 atrofida, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni Bunyodkor ko‘chasi buylab boshqarib borayotgan vaqtda Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlariga qatnovchi taksilarning avtoturargohi qarshisida yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyatining «Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi» xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur avtobus «7-Avtobus saroyi» MChJ tasarrufidagi, saroy raqami 200 bo‘lgan, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Isuzu LE 60» rusumli avtobus haydovchisi M.M ekanligi aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyoda yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodaning ahvoli qoniqarli (yaxshi) ekanligi aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.Mga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring