Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp hokimiyatni Baydenga topshirishni boshlashni buyurganini aytdi

Tramp hokimiyatni Baydenga topshirishni boshlashni buyurganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Umumiy xizmatlari ma’muriyatiga (GSA) hokimiyatni Jo Baydenga topshirish uchun «kerak bo‘lgan narsani bajarishni» buyurgan. Bu haqda Tramp tvitterdagi sahifasida yozgan.

Avvalroq CNN telekanali Umumiy xizmatlar ma’muriyati Baydenni saylov g‘olibi deb tan olgani va hokimiyatni topshirishni boshlashga tayyorligini ma’lum qilgani haqida xabar bergan.

«Bizning maqsadimiz yo‘lida olg‘a davom etmoqdamiz, qattiq kurashishda davom etamiz, aminmanki, biz g‘alaba qozonamiz! Biroq, mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida men protokollar bo‘yicha zarur bo‘lgan barcha narsani qilishni tavsiya etdim va men o‘z jamoamga ham shuni aytdim», - deya yozdi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Demokratlar nomzodi Jo Bayden ustun kelgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring