Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Bayden qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Foto: ABC News

Oq uy AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden 2023-yilda qancha soliq to‘lashganini ochiqladi.

Ularning birgalikdagi soliq deklaratsiyasiga ko‘ra, 2023-yilda prezident oilasi jami $619,9 ming daromad olgan, shundan $146,6 mingi federal soliqlar sifatida to‘langan.

Hujjatlardan anglash mumkinki, prezidentning daromad solig‘i stavkasi 23,7 foizni tashkil qilgan. Bundan tashqari, Bayden oilasi ularning shaxsiy uyi joylashgan Delaver shtatiga 30,9 ming dollar, Jill Bayden esa Virjiniya shtatiga $3,5 ming soliq to‘lagan. Prezident va birinchi xonim taxminan $20,5 mingni xayriya qilishgan. Xayriya mablag‘lari 17 ta xayriya tashkilotiga o‘tkazib berilgan.

Bayden 2022-yil uchun taqdim etgan soliq deklaratsiyasida oilasining yillik daromadi $579,5 ming ekani ko‘rsatilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring