Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya fuqarosi Yangiyo‘lda YTHga uchradi

Turkiya fuqarosi Yangiyo‘lda YTHga uchradi

Xalqaro avtomobil yo‘lida yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.

Bugun, 5 fevral kuni soat taxminan 09:00larda Turkiya fuqarosi, 1974 yilda tug‘ilgan L.S. boshqaruvida bo‘lgan xorijiy MChJga tegishli Mersedes-Bens yuk avtomashinasi (tirkamasi bilan) M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan 837 km da, o‘zi bilan bir (Chinoz-Toshkent) yo‘nalishda kelayotgan haydovchi 2000 y.t. U.J. boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 avtomashinasiga urilib ketgan.

Natijada tirkamadagi mahsulot yo‘lga to‘kilgan va yo‘lning ma’lum qismini to‘sib qo‘ygan.

YTH natijasida og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalari texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring