Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda tutqunlikda ushlangan yana bir ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Xitoyda tutqunlikda ushlangan yana bir ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Skrinshot

Internetda Xitoyda mahalliy yigitga turmushga chiqib, og‘ir ahvolda qolgan hamyurtimiz haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2019-yilning 26-mart kuni O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarosi M.Xolmatovaning ushbu shahar tumanlaridan birida majburan ushlab turilganligi to‘g‘risida ma’lumot olib mahalliy politsiya hokimiyatiga rasmiy murojaat qilgan. Natijada hamyurtimizning joylashgan manzili aniqlandi hamda u bilan konsullik xodimlari uchrashdi.

Jabrlanuvchi 2018-yilning iyun oyida Namangan shahridagi nikoh agentligi vositasida XXR fuqarosi Yao Venxao bilan tanishadi hamda va’dalariga ishonib rasmiy nikohni qayd etgandan so‘ng Xitoyga turmush o‘rtog‘ining yoniga uchib ketadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetib borganidan buyon og‘ir ijtimoiy sharoitda yashagan, unga ovqat berishmagan, urishgan, tahqirlashgan hamda pasportini olib qo‘yishgan. U o‘ziga yetkazilgan aziyatlarga chidolmay bir necha marta qochishga uringan.

Politsiya bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etgan suhbatdan so‘ng O‘zbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga topshirilgan. 28-mart kuni Pekin shahri orqali uchgan aviareysda hamyurtimiz Toshkentga yetib keldi.

Fevral oyida Xitoyda og‘ir holatda yashab, O‘zbekistonga qaytarilgan yana bir qiz haqida xabar qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring