Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi metro vagoni tomidan suv oqdi

Yangi metro vagoni tomidan suv oqdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomchilari sizib chiqayotgani aks etgan video tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» ushbu hodisa bo‘yicha ma’lum berdi.

Qayd etilishicha, holat vagon ichidagi iqlim tizimining drenaj teshigi tiqilib qolganligidan hosil bo‘lgan. 

«Videolarda namoyish etilganidek, vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomchilari bu yomg‘ir suvi emas, balki konditsioner tizimining kondensatidir. Ayni paytda ushbu muammo bartaraf etilgan», – deyiladi ma’lumotda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring