Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyerda bir yigitning ayovsiz kaltaklangani videosi tarqaldi

Yangiyerda bir yigitning ayovsiz kaltaklangani videosi tarqaldi

Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 10-noyabr kuni Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida sodir bo‘lgan janjal videosi tarqaldi. Videoda bir yigitni bir necha kishi ayovsiz kaltaklagani, yog‘och to‘qmoq bilan tanasining turli joylariga urishganini ko‘rish mumkin.

  • DIQQAT! Videoda zo‘ravonlik tasvirlari mavjud (+18)

«Xabar.uz» holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmatidan rasmiy ma’lumot oldi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 10 noyabr kuni soat 13:00 larda Yangiyer shahar «Shodlik» MFY hududida joylashgan «GRILL BAR» kafesi tashqarisida ushbu kafe ofitsianti – 1997 yili tug‘ilgan H. J.ni unga oldindan tanish bo‘lgan 1995 yilda tug‘ilgan T. S., 1994 yilda tug‘ilgan M. Sh. va 2001 yilda tug‘ilgan R. B. o‘zaro oldindan bo‘lib turgan kelishmovchiliklar sabab qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, kishining sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan yog‘och jismdan foydalanib, bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatgan holda tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazishgan va voqea joyidan ketib qolishgan.

Natijada H. J. o‘ng qo‘l kichik barmog‘i yopiq sinishi, ikkita tishining sinib tushishi, tanasining ko‘plab qizargan, sidirilgan jarohatlari bilan Sirdaryo viloyati ShTTYoM ga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring