Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Yangiyo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan avtobus ag‘darilib ketdi

Foto: «iiv.uz»

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 26-noyabr kuni Quyichirchiq tumanida yashovchi U.T. «Isuzu» rusumli avtobusni «Toshkent-Termiz» yo‘lining 841-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sabab boshqaruvni eplay olmay, avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.

Natijada avtobusdagi yo‘lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring