Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘ldagi «metan zapravka»da yuk mashinasi yonib ketdi

Yangiyo‘ldagi «metan zapravka»da yuk mashinasi yonib ketdi

2024 yil 12 yanvar kuni soat 22:13da Yangiyo‘l tumani, «Qo‘shyog‘och» MFYda joylashgan «DELTA KOMPRESSOR» MChJ ga qarashli AGTKSh bostirmasining 10 kv.m. maydonda shifti va tagida turgan «KAMAZ-53212»  rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

FVV axborot xizmati xabar berishicha, yong‘inga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 22:17da yetib borib, 22:20da o‘rab olinib, 22:38da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar qayd etilmadi.

Yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring