Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yanvarning uchinchisida yilning eng katta Quyoshini ko‘ramiz

Yanvarning uchinchisida yilning eng katta Quyoshini ko‘ramiz

Foto: Xabar.uz

2026-yilning 3 yanvar kuni Yer o‘z perigeliyiga yetib, Quyoshga minimal masofaga yaqinlashadi. Bu haqda TASS Moskva planetariysi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

«Quyosh va sayyoramiz o‘rtasidagi masofa shu kuni yilning minimal ko‘rsatkichini — 147 099 586,2593 km (0,9833 a.b.)ni tashkil etadi. Quyoshning ko‘rinish diametri 2026 yilda eng kattasi bo‘ladi (32 burchak daqiqasi va 35 soniya)», — ta’kidlashdi planetariydagilar.

Astronomlar aniqlik kiritishicha, 2026-yilning iyulida Yer Quyoshdan eng olis nuqta — afeliyda bo‘ladi. Yanvar perigeliyi va iyul afeliyidagi Quyosh diametrlari farqi, ayniqsa, professional fotosuratlarda yaqqol seziladi, deyishdi mutaxassislar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring