Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh aktrisa halok bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum qilindi

Yosh aktrisa halok bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum qilindi

Foto: «Facebook / Farangiz Rejametova»

Aktrisa Farangiz Rejametova 20-iyul kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Xabar qilinishicha, aktrisa Farangiz Rejametovani Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida «Mercedes-Benz» mashinasi urib ketgan. Mashinani 23 yoshli U.E. boshqarayotgan bo‘lgan. Hodisa 20 iyul kuni soat 21:15 atrofida sodir bo‘lgan.

Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo yo‘lda Farangiz olamdan o‘tgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizga yo‘l bermasdan, uni urib yuborgan. Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

1993 yilda tug‘ilgan Farangiz Rejametova Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmida bosh rolda o‘ynagan. Shuningdek, u yana o‘nlab kino va seriallarda rol ijro etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring