Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amir Temur xiyobonidagi holat bo‘yicha rasmiy axborot berildi

Amir Temur xiyobonidagi holat bo‘yicha rasmiy axborot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida ro‘y bergan holatlar bo‘yicha turli xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 28-mart kuni taxminan soat 15:00-15:15 larda Yunusobod tumanidagi Amir Temur xiyoboni oldida 3-4 nafar fuqarolar T.S. ismli yigit va B.R. ismli qizni LGBT faollari deb gumon qilib, ularni urishga harakat qilgan. Ushbu fuqarolarga 20-25 nafar boshqa shaxslar qo‘shilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik harakatlarini sodir etishgan.

Voqea joyida xizmat qilayotgan Toshkent shahar IIBB va Milliy Gvardiya xodimlarining aralashuvi bilan T.S. va B.R. himoya qilinib, ularga tan jarohati yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining hamkorlikdagi chora-tadbirlari natijasida nizoning ommalashib ketishining, shuningdek, boshqa og‘irroq oqibatlarning oldi olindi hamda hech kimga shikast yetmadi.

Janjalni boshlagan va faol ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolarning 12 nafari ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi («Bezorilik») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mazkur janjalda diniy mazmundagi nizo bo‘lmagan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring