Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «bank xodimi» ushlandi

Andijonda «bank xodimi» ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.X. ushlangan.

U fuqaro S.R.ga o‘zini go‘yoki TIF «Milliy bank» Andijon viloyati filiali xodimi deb tanishtirib, ushbu bankda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 50 mln so‘m evaziga 500 mln so‘m ipoteka krediti ajratib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departament tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring